Ma'lumot

O‘RTA ASR MOVAROUNNAHR MAKTAB VA MADRASALARI TARIXI TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI

F.O.Mamatqulova


VIII asrdan boshlab Markaziy Osiyo arablar tomonidan bosib olingach, xalifa hamma masjidlar qoshida maktablar ochish haqida buyruq bergan. Asosan, masjid imomi o‘g‘il bolalarni yig‘ib o‘qita boshlagan. Shundan boshlab yaqin XX asr boshlariga qadar masjidlar qoshida, keyinroq esa ko‘pgina madrasani xatm qilganlar va bola ta’lim-tarbiyasiga qiziqqanlar o‘z uylarida, mahallalarning maxsus qurilmalarida maktab ochganlar va ularni «maktabdor» deb yuritganlar. Maktab arabcha «kataba» – yozmoq, ya’ni yozishga o‘rgatadigan joy demakdir. Qadimda maktab yozishga o‘rgatadigan joy ma’nosini bildirgan.



None

54 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish