Maqolada daryo havzasi ilk bor tizimli yondashuv negizida “Tabiiy-xo‘jalik tizimi” sifatida tadqiq qilindi. Shu bilan bir qatorda tabiiy va xo‘jalik elementlarining o‘zaro aloqadorligi yer usti suv oqimlari yordamida asoslab berildi. Havzaviy kartalashtirish rel’ef plastikasi usuli negizida daryo havzasini “Tabiiy-xo‘jalik tizimi” sifatida tadqiq qilishning bosqichlari dala ma’lumotlari asosida ishlab chiqildi. Daryo havzasidagi “Tabiat-aholi-xo‘jalik” tizimining o‘zaro aloqadorligi nazariy asoslab berildi. Bu o‘rinda muallif bu elementlarning o‘zaro aloqadorligini nazariy asoslashda daryo havzasining funksional-yaxlitligiga alohida e'tibor berdi. Daryo havzasining funksional-yaxlitligi o‘z navbatida tabiiy va xo‘jalik tizimlarining o‘zaro bog‘liqligini asoslashda yaxlit geotizim rolini o‘ynaydi.