Ushbu maqola oliy ma’lumotli muhandislar tayyorlashda fizika fanini o‘qitishning optimal usullariga bag‘ishlangan. Taklif etilgan innovatsion pedagogik texnologiya va metodlar talabalarning tanqidiy va tahliliy fikrlash, tizimli tahlil qilish, nostandart yechimlarni topaolishi, muammoli vaziyatlarga moslashish qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, muhandis-texniklar tayyorlash tizimidagi muammo va kamchiliklarning tahlili hamda ularni bartaraf etish yo‘llari bayon etilgan.