Maqolada virtual laboratoriyalarning afzalliklari, ularni yaratishda qo‘llaniladigan dasturlar, veb sahifalar va ularni yaratish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tabiiy fanlarning ajralmas bir bo‘lagi sifatida barchaga ma’lum bo‘lgan laboratoriyalarni virtual tarzda tashkillashtirish tobora ommalashib bormoqda. Virtual laboratoriyalar “Biologiya” fani bo‘yicha oʻrganilayotgan hodisalari va qonuniyatlarini chuqurroq darajada vizual namoyish qilish, tadqiq qilish va interaktiv vizuallashtirish uchun raqamli taʼlim interaktiv kontentini ifodalaydi. Laboratoriya ishlarini olib borish biologiya fanini chuqur o‘rganish uchun zaruriy omil hisoblanadi.