Ma'lumot

ASASSN-V J230945.10+605349.3 OBYEKTINING APSIDAL VA ORBITAL PARAMETRLAR TADQIQOTI

Farkhodjon Khamrakulov


Ushbu maqolada foydalanilgan ASASSN-V J230945.10+605349.3 ob’yektining fotometrik ma’lumotlari turli teleskoplardagi kuzatuvlar asosida yaratilgan TESS, ZTF va ASASSN-V ma’lumotlar bazasidan yuklab olindi. Har bir baza ma’lumotlari asosida alohida alohida ravshanlik egri chiziqlari chizilib solishtirilganda ikkinchi minimum qiymatlari orasida sezilarli darajada farqlar (siljishlar) mavjudligi aniqlandi. Bu esa apsid chizig’ini kichik vaqt oralig’ida katta burchakga o’zgarishini va tadqiqot ob’yektini tez apsidal harakatlanuvchi tizim ekanligiga ishora beradi. ASASSN-V J230945.10+605349.3 ning nazariy modellarini tuzishda har bir baza ma’lumotlaridan alohida foydalanilib parametrlari hisoblandi va natijalar turli baza ma’lumotlari asosida olingan modellashtirish natijalari bilan solishtirildi. TESS malumotlari asosida tuzilgan model eng yaxshi natija berdi. Shu modeldagi orbitani eksentrisiteti e=0.34845 va shu bazaning 17 sektoridagi fotometriya natijalariga asosan apsid chizig’i, yani periastr argumenti ώ =346,1135о ga teng deb topildi. Olingan natijalar tizimning apsidal harakat davri U=52.1607±0.913 yilga teng ekanligini ko’rsatdi. Tizimda apsidal harakatni yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan uchinchi jismning yorqinlik oqimi L= -0.308 deb baholandi.



None

47 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish