Ushbu maqolada dala sharoitida mikrobiologik oʻgʻitlarning mosh oʻsimligining Turon va Zilola navlariga ta’siri natijasida barglardagi xlorofill va karotinoid pigmentlari miqdorining oʻzgarishi oʻrganildi. Tajribada Rhizobium 3, Rhizobium 9 va Bioazot mikrobiologik oʻgʻitlaridan foydalanildi. Bunda xlorofill “a”, xlorofill “b”, umumiy xlorofill va karotinoid miqdori nazorat namunalarga nisbatan mikrobiologik oʻgʻitlar bilan ishlov berilgan namunalarda nisbatan yuqori boʻldi.