Ushbu maqolada Termiz shahrida olib borilayotgan palinologik tadqiqotlar, shahar florasida uchrovchi allergiya chaqiruvchi oʻsimliklar va ularning biologik xususiyatlari hamda chang donachalarining mikroskopik tahlil natijalari haqida fikrlar taqdim etilgan.Maqolada Termiz shahridan yigʻilgan gulchanglarning morfologik mikroskopik ma’lumotlat hamda miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari tavsiflanadi. Shuningdek, pollinoz kasalligi belgilari hamda oʻsimlik changlaridan himoyalanish boʻyicha tavsiyalar keltiriladi. Bundan tashqari, tadqiqotlar natijasiga koʻra Termiz shahrida uchrovchi Cupressaceae, Chenopodiaceae, Salicaceae, Fagaceae oilalarida koʻplab allergen oʻsimlik turlari mavjudligi haqida ma’lumotlar beriladi. Mazkur maqolada keltirilgan aerobiologik monitoring natijalari asosida Termiz shahar aeroplanktonlarining palinologik tarkibi toʻgʻrisida fikrlar bayon etiladi.