Ma'lumot

XORAZM VILOYATI TUPROQ-IQLIM SHAROITIDA ODDIY DASTARBOSHNING (TANACETUM VULGARE L.) O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI

Abduraximov U. K.


Oddiy dastarbosh (Tanacetum vulgare L.) dorivor oʻsimligi Xorazm viloyatida birmuncha yangi ekin hisoblanganligi sababli, Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida etishtirish texnologiyasi, fiziologik xususiyatlari va biokimyoviy tarkibi, shuningdek, qoʻllash imkoniyatlari umuman oʻrganilmagan. Shu boisdan ham ushbu maqolada Xorazm viloyatining oʻtloqli – allyuvial tuproqlarida oddiy dastarbosh oʻsimligining oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligi boʻyicha biometrik koʻrsatkichlar haqida ma’lumotlar berilgan. Tadqiqotlar Xorazm viloyati Xiva tumani hududida joylashgan Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli Qoraqum ilmiy tajriba stansiyasining tajriba dalalarida amalga oshirildi. 2022-2023 yillarda oʻtkazilgan ilmiy tajribalar natijasida xulosa qilish mumkinki, oddiy dastarbosh oʻsimligi oʻrtacha shoʻrlangan tuproq va iqlim sharoitida yaxshi oʻsib rivojlanishi isbotlandi. Oʻtkazilgan koʻp yillik tajribalar va qayd etilgan biometrik koʻrsatkichlar natijalariga koʻra, respublikamizdagi dorivor oʻsimliklarga ixtisoslashgan klasterlarga farmatsevtika sanoati uchun xom ashyo tayyorlash va dorivor oʻsimliklarni xorijga eksport qilish maqsadida Xorazm viloyatining oʻrtacha shoʻrlangan va sugʻoriladigan oʻtloqi – allyuvial tuproqlarida sharoitida oddiy dastarbosh oʻsimligini ekin maydonlarini kengaytirish va katta plantatsiyalarga ekish maqsadga muvofiqdir.



None

41 Ko'rishlar | 29 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish