Ma'lumot

TURLI KO‘CHAT QALINLIGI VA CHILPISH USULLARIDA O‘RTA VA INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA NAVLARINI PARVARISHLASH

Negmatova S.T.


Maqolada Respublikaning janubiy mintaqasi Surxondaryo viloyatining paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida oʻrta va ingichka tolali gʻoʻza navlarini parvarishlashda agrotexnik tadbirlardan –koʻchat qalinligi va chilpish usullarini paxta hosili va chigit moydorlik darajasiga ta’siri bayon qilingan. Gʻoʻza maqbul koʻchat qalinligida (oʻrta tolalilarda 90-100 ming va ingichka tolalilarda 120-130 ming tup\ga) parvarishlanib, Entojean preparati yordamida kimyoviy chilpish oʻtkazilganda oʻrta tolali “Buxoro-102” navidan  38,3 s/ga hamda ingichka tolali “Surxon-103” navidan 35,0 s\ga  yuqori hosil olinib 3,8-4,5 s gacha qoʻshimcha paxta hosili olinganligi, shuningdek, koʻchat sonini 10-20 ming donagacha oshishi bilan oʻrta tolalilarda yadrodagi moy miqdori 1,3-1,5% ga; chigitdagi moy miqdori 0,5-1,3% ga; ingichka tolalilarda mutanosib holda 0,5-0,9% va 0,5-1,3% ga kamayganligi ilmiy asoslab berilgan.



None

7 Ko'rishlar | 13 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish