Ushbu maqolada kroton aldegidining kuchsiz ishqoriy muhitda polimer(oligomer)lanishi o`rganilgan. Olingan polimer(oligomer)lar natriy bisulfit bilan reaksiyaga kirishish sharoitlari keltirilgan. Olingan maxsulot suv tarkibidagi Ca2+ va Mg2+ ionlarini sorbsiyalashi tekshirildi va eritmadagi ushbu ionlarning ma’lum vaqt davomida sorbsiyalanish kinetikasi o`rganildi. Ionitlar turli noorganik, organik hamda noorgano-organo gibrid materiallardan tayyorlanishi va bu materiallar ichida organik polimer meteriallar alohida o‘rinni egallashi adabiyotlar tahlilida ko`rsatilgan. Shu sababli organik polmerlar asosida ionit sintez qilish asosiy maqsad qilib olingan va polimer sintezi uchun monomerlar sifatida kroton aldegid tanlangan