Ushbu tadqiqot ishida gidrotermal usulda zanglamaydigan po‘lat to‘r sirtida rux oksidi (ZnO) nanorodlarini sintez qilish bayon qilingan. Nanorodlarning diametrlari 0,8÷1,2 μm, uzunliklari 10÷15 μm atrofida. ZnO nanorodlariga mufel pechida 500oC haroratda bir soat termik ishlov berilganda ularning kristal strukturasidagi nuqtaviy nuqsonlarning miqdori minimal bo‘lishi, buning natijasida namunalarning fotolyuminestsent xossalari yaxshilanganligi kuzatildi. ZnO nanorodlari ishtirokida Colron Black SD organik bo‘yog‘ining suvdagi eritmasi ultrabinafsha nurlanish bilan yoritilganda bo‘yoq eritmasi degradatsiya natijasida rangsizlanadi. Kuzatilgan hodisa ZnO nanorodlarining fotokatalitik xossalari bilan tushuntirildi.