Ma'lumot

KUZGI JAVDAR (SECALE CEREALE L.) NAVLARINING CHEKLANGAN NAMLIK SHAROITIDA BARGLARIDAGI SUV SAQLASH QOBILIYATI

Maxramova M.Sh., O‘roqov S.X.


Javdar ko‘plab ajoyib fazilatlarga ega bo‘lgan diploid ekin turi bo‘lib, bug‘doy va tritikaleni yaxshilash uchun yangi xususiyatlar manbai sifatida juda ham muhimdir.  Javdarga bo‘lgan talab nisbatan past bo‘lganligi sababli, uni asosan bug‘doy va boshqa foydali ekinlarni yetishtirish qiyin bo‘lgan hududlarda g‘alla uchun yetishtirish maqsadga muvofiqdir.

Javdar o‘zining bir qancha foydali xususiyatlari bilan boshqa don ekinlaridan ajralib turadi. Uning doni tarkibida bir qancha vitaminlar, aminokislotalar, mikro va makroelementlar mavjuddir. Donning tarkibida uchrovchi lizin, treonin aminokislotalari to‘qimalarning o‘sishi va qayta tiklanishini ta’minlaydi. Tibbiyot sohasi uchun javdar donining ahamiyati juda kattadir.

Bundan tashqari javdarning boshqa boshoqli don o‘simliklaridan afzallik jihati shundaki, u qurg‘oqchilikka anchagina chidamli o‘simliklardan sanaladi. Ammo qurg‘oqchilik stressi javdarning barcha fiziologik jarayonlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Ayniqsa u javdar hosilining ma’lum darajada pasayishiga sabab bo‘ladi. Javdar o‘simligining qurg‘oqchilikka chidamliligi uning suv taqchilligi bilan uzviy bog‘liqdir.

Biz tadqiqotlarimizni javdar navlarining qurg‘oqchilikka chidamliligi va qurg‘oqchilik ta’sirida ulardagi fiziologik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi ustida amalga oshirdik.

Shuning uchun mazkur maqolada kuzgi javdar navlarining mo‘tadil hamda cheklangan namlik sharoitida suv saqlash qobiliyatining qanday miqdorda o‘zgarishi va bu ko‘rsatkichga qurg‘oqchilikning ta’sir etish darajasi kabi ma’lumotlar keltirilgan.



None

28 Ko'rishlar | 29 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish