Mazkur maqolada oziq ovqat sohasida muhim mahsulotlar qatoriga kiruvchi yong’oq (Juglans regia L.) nematodafaunasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. 2022-2023-yillarda olib borilgan tadqiqotlar davomida nematodalarning 45 turi aniqlangan. Aniqlangan turlar sistematik jihatdan Nematodalar (Nematodes) tipining 2 ta sinf (Adenophorea, Secernentea), 4 ta kenja sinfi (Enoplia, Chromadoria, Rhabditia, Diplogastria) va 5 ta turkumi (Mononchida, Dorylaimida, Araeolaimida, Rhabditida, Tylenchida) ga mansubligi qayd qilingan. Yongʻoq nematodafaunasidagi turlar oʻzlarining son va individlarining miqdori bilan biotoplarda notekis tarqalishi ma’lum bo‘lgan. Ildiz sistemasida uchratilgan turlar asosan Ditylenchus, Pratylenchus va Merlinius avlodlari vakillaridan iborat boʻldi. Rizosfera tuprogʻida keng tarqalgan turlar esa Xiphinema, Criconemoides, Helicotylenchus, Rhabditis kabi avlodlarga tegishli boʻldi. Aniqlangan turlar orasida yongʻoq uchun potensial xavfli parazit turlar (Pratylenchus, Xiphinema, Criconemoides, Helicotylenchus avlodi turlari) uchratilgani mazkur yoʻnalishdagi tadqiqotlarni keng koʻlamda olib borish zarurligini koʻrsatdi.