Kimyoviy cho'ktirish usuli yordamida Co0.5Ni0.5Fe2O4 magnit nanozarralari sintez qilindi va ular asosida magnit suyuqlik tayyorlandi. Olingan nanozarrachalarning strukturaviy va fazaviy tahlili oʻtkazildi, nanozarrachalarning oʻlchamlari va oʻlchamlar taqsimoti, magnit nanozarrachalar asosidagi magnit suyuqliklarining magnitlanishi va faradey effekti aniqlandi. Nanozarralaridan olingan rentgen diffraktsiya tasviri kubik shpinel NiFe2O4 va CoFe2O4 ning bir fazali tuzilishiga mos kelishini tasdiqlaydi. Transmission elektron mikroskop yordamida aniqlangan o'rtacha zarracha diametrlari 14.7 nm ga teng. Co0.5Ni0.5Fe2O4 nanozarrachalari asosida tayyorlangan magnit suyuqliklarning toʻyinish magnitlanishi 23.64 emu/kg teng ekanligi aniqlandi. Magnit suyuqlikda Faradey aylanish burchagi tashqi magnit maydonning 500-1000 Ersted oraliqdagi qiymatlarida chiziqli ravishda o’zgardi va 4000 Erstedgacha to'yinmadi.