Ma'lumot

Fe-Cr-B SISTEMASIDAGI Fe73Cr12B15 vа Fе75Cr10B15 AMORF QOTIShMALARNING ELEKTR, MAGNIT VA GALVANOMAGNIT XOSSALARI

Obloqul Quvondiqov, Ilhom Subhonqulov, Rustam Rajabov, Nurliboy Hamraev, Sherzod Khomitov


Annotatsiya: Bu ishda suyuq holatdan o’ta tez sovutish metodi yordamida olingan 3d elementlari asosidagi Fe73Cr12B15 va Fe75Cr10B15 amorf qotishmalarning effektiv Xoll koeffisientining temperaturaga bog’liqligi Van der Pau usuli yordamida 300-773K temperaturalar oralig’ida eksperimental jihatdan o’rganildi. Namunalarning solishtirma elektr qarshiligining temperaturaga bog’liqligi to’rt zondli metod yordamida 300-773K temperaturalar oralig’ida tadqiq etildi. Bu namunalarning solishtirma magnitlanishining temperaturaga bog’liqligi vibratsion magnitometr metodi yordamida 300-1100K temperaturalarda namunalarni qizdirish tezligining 10, 20 va 40 K/min qiymatlarida eksperimental jihatdan o’rganildi. Namunalarning ferromagnetizm-paramagnetizm fazoviy o’tish temperaturalari effektiv Xoll koeffisientining, solishtirma qarshilikning va solishtirma magnitlanishning natijalarida to’liq korrelyatsiyaga egaligi, amorf-kristal fazoviy o’tish temperaturalari esa qizdirish tezligidan bog’liq holda o’zgarishi aniqlandi. Namunalarning elektr, magnit va galvanomagnit xossalarining o’zaro va temperaturaga bog’liqligi natijalari tahlil qilindi.



None

98 Ko'rishlar | 26 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish