5-Amino-1-N-aril-1H-1,2,3-triazollarning yangi hosilalari sintezi amalga oshirildi. Bir necha turdagi fenil azidlar va etil sianoatsetat o'rtasidagi 1,3-dipolyar sikllanish reaksiyasi natijasida mos ravishda 5-amino-1-Naril-1H-1,2,3-triazol etil efirlari sintez qilindi hamda ularning tuzilishi IQ, 1H va 13C YaMR spektrlari natijalari asosida o’rnatildi.