Ishda dimetilefirdan alkenlar olish jarayoni termodinamikasi va kinetikasi o‘rganilgan. Reaksiya mahsulotlarining muvozanat tarkibini aniqlash uchun Vant-Goff tenglamasidan foydalanilgan. Suyuq holatdagi tarkibida kislorod saqlovchi organik moddalar tahlil qilishda xromatomassspektrometri Shimadzu HPMS 2010, Kristallyuks 4000M va kristall 2000M xromatograflaridan foydalangan. Tadqiqotlar differensial reaktor sharoitida o‘tkazilgan. Reaksiya mexanizmi haqidagi tasavvurlar asosida reaksiyalarning elementar bosqichlari tezlik konstantalari va adsorbsion koeffisientlarni o‘ziga qamrab oladigan kinetik tenglamani hosil qilingan. Tadqiqotlar natijasida quyi molekulyar etilen qatori uglevodorodlaridan etilen, propilen va butilenlar hosil bo‘lishining oksoniy-ilid mexanizmi taklif etilgan