C60 fullerenning N-metil-2-pirolidon (NMP) va NMP/suv erituvchilardagi erutmalaridagi xususiyatlari optik yutilish spektroskopiyasi, yorug‘likning dinamik sochilishi (YDS) va atom-kuchli mikroskopiya (AKM) metodlari yordamida tadqiq qilindi. C60/NMP eritmasiga 25% miqdorida distillangan suv aralashtirilganid, eritma uchun harakterli yutilish maksimumi (331 nm) uchun batoxrom siljish (9 nm ga) va giperxrom effekt, shuningdek 440 nm atrofida nisbatan zaif va keng yangi yutilish sohasi paydo bo‘lishi aniqlandi. Bu optik o‘zgarishlar eritmaga suv qo‘shilganda C60-C60 va C60-NMP komplekslarning qisman buzilib, ularning qayta tashkillanishida yangi C60-suv komplekslari yoki C60- NMP va C60-suv aralash solvat qobiqlarining shakllanishi bilan tushuntiriladi. Eritmalarda C60 kontsentratsiyasi o‘zgarmas bo‘lganda, C60/NMP eritmasida sintezlangan fulleren nanoagregatlarining maksimal gidrodinamik diametri ~19 nm, C60/NMP/suv eritmasidagi qiymati esa ~26 nm bo‘lishi aniqlandi.