Javdar ko‘plab ajoyib fazilatlarga ega bo‘lgan diploid ekin turi bo‘lib, bug‘doy va tritikaleni yaxshilash uchun yangi xususiyatlar manbai sifatida juda ham muhimdir. Javdarga bo‘lgan talab nisbatan past bo‘lganligi sababli, uni asosan bug‘doy va boshqa foydali ekinlarni yetishtirish qiyin bo‘lgan hududlarda g‘alla uchun yetishtirish maqsadga muvofiqdir.
Javdar o‘zining bir qancha foydali xususiyatlari bilan boshqa don ekinlaridan ajralib turadi. Uning doni tarkibida bir qancha vitaminlar, aminokislotalar, mikro va makroelementlar mavjuddir. Donning tarkibida uchrovchi lizin, treonin aminokislotalari to‘qimalarning o‘sishi va qayta tiklanishini ta’minlaydi. Tibbiyot sohasi uchun javdar donining ahamiyati juda kattadir.