Butun dunyoda bug‘doy yetishtirishga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Biroq, bug‘doy yetishtirishda suv tanqisligi, birinchi navbatda, suv sathining kamayishi bilan bog‘liq holda, jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Tadqiqotda yumshoq bug‘doyning mahalliy Shams, Asr, Xisorak nav namunalari va CIMMYT xalqaro tashkilotining KR12-07, KR12-9023, KR12-5003 nav namunalaridan foydalanildi. Biz, laboratoriya sharoitida yumshoq bug‘doy navlarining qurg‘oqchilikka chidamliligini baholadik. PZR tahlillari qurg‘oqchilikka chidamlilik bilan genetik bog‘langan 10 SSR markerlari bilan bug‘doy genotiplarining genetik xilma-xilligini tekshirilib shundan 8 tasi (Xgwm108, Xgwm337, Xgwm357, Xgwm389, Xgwm484, Xgwm626, Xpsp3200, Xwmc78) polimorf va 2 tasi (Xwmc118 va Xwmc304) monomorf ekanligi kuzatildi. Olingan elektroferogramma tasvirlari GelAnalyzer dasturida tahlil qilindi.Tahlil natijalariga ko‘ra, 6 ta bug‘doy navlari orasida 4 tasi suv tanqisligiga yuqori chidamlilikni ko‘rsatdi. Ushbu bug‘doy genotiplari molekulyar selektsiya dasturlari bilan qurg‘oqchilikka chidamli yangi bug‘doy navlarini yaratish uchun qimmatli manba hisoblanadi.