Maqolada loviya yetishtirishda oʻsimliklarning azotli, fosforli va kaliyli oʻgʻitlardan foydalanish koeffitsiyentlariga turli preparatlar ta’sirining oʻzgarishi keltirilgan. Samarqand viloyati sharoitida loviya yetishtirishda mikrooʻgʻitlar fonida, kompleks mikrooʻgʻitlar saqlovchi turli preparatlarning ta’siri yetarlicha oʻrganilmagan. Bundan kelib chiqadiki, bu masala dukkakli-don ekinlari, xususan loviya yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.