Maqolada Chitalpa tashkentensis, Vinca minor o‘simliklar turlarining bioekologik xususiyatlari ham qisqacha tavsiflangan. Ushbu o‘simliklarda nazorat va tajriba guruhlarida o‘simliklarning vegetativ -generativ organlaridagi As,Cd,Zn,Pb kabi og’ir metallar konsentratsiyasi va ularning har bir organdagi miqdoriy ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.Tadqiqotlarda bitta nazorat va ikkita tajriba guruhlari bo‘lib ulardagi farqlar har bir hudud uchun alohida qiyosiy tahlil qilingan. O‘g’ir metallar konsentratsiyasi nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhlarida yuqoriligi atrof- muhitning texnogen ifloslanishi bilan bog’liqligi ham aytib o‘tilgan.Ushbu og’ir metallarning tajriba guruhlarida nazorat guruhlaridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan necha marta ortganligi ham tahlil qilingan. O‘simliklar tanasida og’ir metallar konsentratsiyasining ortishi ulardagi fiziologik jarayonlarga ham ta’sir ko‘rstishi kabilar ham o‘rganib chiqilgan.