Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalari tilida nutq madaniyatining zamonaviy konsepsiyasi haqida fikr yuritilgan. Ommaviy axborotning nufuzi, avvalambor, uning keng xalq ommasiga qaratilganligi bilan izohlanadi. Bunda auditoriyaning o‘zi ham OAV xodimlarining professional bilim va malakaga ega bo‘lishini taqozo etadi.