Poetik asarning mazmun va shakl jihatdan mukammallashishida, o‘ziga xos ijodiy topilmalar, betakror uslub yaralishida, she’rning chinakam ijod mahsuliga aylanishida har bir til birligi, jumladan, sodda gap, uning muayyan turlari ma’lum vazifa bajaradi. Maqolada bir she’r tahlili misolida poetik individuallikni ta’minlashda sintaktik birliklarning o‘rni, tasviriylik va ekspressiv imkoniyatlari o‘rganilgan.