Ma'lumot

ZARAFSHON DARYOSINING FRAKTAL O‘LCHOVINI KUBLAR USULIDA ANIQLASH

Elyor Saidqulov, Sulton Hakberdiyev, Bekzod Mirsaidov


Fraktal shakllarning muhokamasiga kirishishdan oldin, fraktallarning ayrim asosiy xususiyatlarini va tabiiy geografiya sohasiga aloqadorligini bayon qilish kerak. Ma’lumki, fraktallar o‘ta murakkab shakllarga ega bo‘lib, ular fraktal g’oyalarni va haqiqiy hayotiy dasturlarni tushunish uchun muhim bo‘lgan noyob obyektlardan tashkil topadi.Turli  chegara hududlarini fraktal o‘lchov bilan tavsiflanishi mumkin. Biroq tasvir ma’lumotlari cheklangan bo‘lsa, yuzaning fraktal o‘lchovlarini muntazam ravishda hisoblash birmuncha murakkab. Ammo yuzaning o‘lchovi ba’zan taqriban hisoblanadi. Ushbu maqola fraktallar nazariyasiga asoslangan tadqiqotlar yordamida chegara o‘lchovlarini hisoblash uchun bir qator amaliy sonli modellarni ishlab chiqishga qaratilgan. Bundan tashqari, fractal o’lchov va shakl indekslari hamda masshtablash o‘rtasidagi bog‘liqlik va farqlarni ko‘rish mumkun.



None

76 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish