Maqolada aholining hududiy tashkil etilishi va hududiy tarkibini tadqiq etishda qo‘llaniladigan qator usul va uslublar izohlangan. Jamiyatni rivojlanishi sharoitida shakllanib borayotgan aholi tadqiqotlarida taklif etilayotgan yangi tadqiqot uslublari ham yoritilgan va ilmiy munosabat bildirilgan. Shuningdek, har qanday vaziyatda aholining hududiylik kasb etishi mohiyatidan kelib chiqib, an’anaviy o‘zgarmas uslublar doimo qo‘llanilib kelishi haqida xulosa qilingan. Bundan tashqairi maqolada aholining doimiy dinamik harakati va jamiyatda aholi yuzasidan o‘tkazilayotgan tadqiqotlarga mos ravishda yangi uslublar ishlab chiqilishi mumkinligini ham e’tirof etgan.