Annotatsiya. Ishda poli(sut kislota) (PLA) hamda gidroksiapatit (HA) asosida kompozit material olish imkoniyatlarini o‘rganish borasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Zanjir ochlishi bilan boradigan polimerlanish reaksiyasi usulida poli(sut kislota) sintez qilindi. Gidrotermal usulida gidroksiapatit sintez qilindi hamda “qaynoq preslash” usulida PLA/HA kompozit materiali olindi. Olingan materiallar IQ-spektoskopik, XRD-spektroskopik usullarda tadqiq etildi. Tajribalar PLA/HA nisbati 80:20 bo‘lgan namunalarning kristallik darajasi yuqori ekanligi, binobarin ushbu nisbatlarda biotibbiy materiallar olish mumkinligi ko‘rsatildi.