Annotatsiya. Sirt faol modda sifatida saponin ekstraktini qo’llab mezog’ovak ZnO/SiO2 nanokompozit yupqa plyonkalar zol-gel texnologiyasi yordamida sintez qilindi va kremnezem substratga yotqizildi. Olingan yupqa plyonkalarning Sirt morfologiyasi atom kuchlanish mekroskopi, element tarkibi rentgen tahlili va IQ spektroskopiya usullarida o’rganilgan. Shuningdek, shisha substratga yotqizilgan plyonkaning tekstur xarakterestikalari benzol adsorbsiyasi orqi o’rganildi. Unga ko’ra plyonka solishtirma sirti (SBET, m2/g) 650,2÷780,7 g’ovaklar o’rtacha diametri, 6,2÷10,5 nm, g’ovaklar hajmi esa 0,256÷0,309 sm3/g ekanligi aniqlandi.