Maqolada jamiyatni hududiy tashkil etishning tub mohiyati bu aholni hududiy tashkil etish ekanligi, bevosita bu ikki tushunchani bir-biridan alohida tushunib bo‘lmasligining mohiyati tushuntirilgan. Aholini hududiy tashkil etish tushunchasining mazmuniga ta’sir etuvchi aholini o‘rganuvchi fanlarning qay darajada ta’sirga ega ekanligi va har qanday holatda ham tashkil etish hududiylik kasb etishi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada hududiylik geografik makonning bir qismi bo‘lgan aholi va aholi punktlarining asosiy mezoni sifatida talqin qilinadi va uning hududiy tabaqalanish orqali namoyon bo‘lishi asoslanadi.