Maqolada taniqli yozuvchi, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmadning badiiy asar tili, nutq madaniyatiga doir ilmiy-nazariy qarashlari tahlil qilinadi, ulkan adibning “Badiiy asar tili masalalari” mavzuidagi “Davra suhbati”ga ishtiroki, Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘afur G‘ulom, Аbdulla Qahhor,O‘lmas Umarbekov, Tog‘ay Murod, Murod Muhammad Do‘st singari taniqli yozuvchilarning til ustida ishlash mahoratiga oid fikr-mulohazalari yoritiladi.