Organizm to‘qima va hujayralarida mitoxondriyalar– metabolizm fiziologik jarayonlarni energiya bilan ta’minlovchi organelladir. Mitoxondriya ichki membranasida joylashgan turli xil ion kanallari va ion transport tizimlari hujayra ichki qismida signal uzatilishi, hujayraning funksiyasi va nobud bo‘lishi jarayonlarida muhim o‘rin tutadi. Ushbu ion-transport tizimlarini hujayra funksiyasida roli muhimligi tufayli ularni boshqarilish mexanizmlarini tadqiq qilish dolzarbdir. Cd2+ odam organizmida o‘pka, buyrak va ovqat-hazm qilish organlari to‘qima hujayralarida yig‘ilishi kuzatilib, kuchli zaharli sitoksik ta’sir ko‘rsatadi. Organizmda turli xil toksikant moddalar, jumladan og‘ir metallar tushishida detoksikatsiya jarayonida jigar hujayralari ayniqsa jiddiy zararlanadi. Cd2+ bilan zaharlanish metallurgiya sanoatida ishlash sohasi atmosfera havosi tarkibidan nafas olish orqali, zararlangan oziq-ovqat va suv iste'moli orqali, sigareta tutuni tarkibida odam organizmi tomonidan qabul qilinadi. Tadqiqotlarda kalamush jigaridan ajratib olingan mitoxondriyalarda ayrim og‘ir metallar Cd2+ salbiy sitotoksik ta’siri mexanizmlari mitoxondriya membranasi o‘tkazuvchanligi xususiyatini o‘zgartirishi, nafas zanjiri I kompleksi (P sohasi) va III kompleksiga (S sohasi) ta’siri bilan bog‘liq holatda izohlanadi. Amalga oshirilgan tadqiqotlarda tadqiq qilingan og‘ir metall tuzlari Cd2+ ionlari mitoxondriya membranasi strukturasiga salbiy ta'sir qilib, membranadan ikki valentli Ca2+ ionlari uchun passiv o‘tkazuvchanlik ingibirlanishi qayd qilinadi.