Ushbu maqolada Ko‘histon botanik-geografik okrugining dendroflorasini hayot shakllarini tahlil qilish natijalari keltirilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Ko‘histon botanik-geografik okrugining dendroflorasidagi turlarining hayotiy shakllari bo‘yicha tarkibi o‘rganildi, unga ko‘ra dendrofloradagi fanerofitlar 22 oila, 38 turkumga mansub 99 turdan (85,35%), xamefitlar 7 oila, 9 turkumga mansub 17 turdan (14,65%) iborat ekanligi aniqlandi. Okrug dendroflorasi tarkibida dominantlik qiluvchi S. Raunkiaer tasnifi bo‘yicha fanerofit va xamefitlarga va G.I. Serebryakov tasnifiga ko‘ra daraxt va butalarga ajratildi.