Ma'lumot

OILA VA AVLODLAR TARIXINI O‘RGANISHGA SOTSIOLOGIK YONDASHUV

S.M.Kalanova


Maqolada oila va avlodlar tariхini o‘rganish uslublariga hamda avlodning jamiyatdagi va oiladagi vazifalari xususidagi faktik misollarga to‘хtalib o‘tiladi. Shuningdek, “avlod” tushunchasi kundalik hayotda, bеllеtristik (prozaik) asarlarda va OAVda kеng qo‘llanilsa-da, ilm-fanda u qadar keng tarqalmaganligi, shu sababli ham unga tariх, хususan vatan tariхi sohasida qanchalik kam murojaat qilingan bo‘lsa, sotsiologiya yo‘nalishida ham ushbu mavzuda mamlakat miqyosida tadqiqot ishlari olib borilmaganligi kabi dolzarb muammolar ilgari suriladi. Atoqli sotsiologlarning avlodlar tariхi va undagi munosabatlarning tahliliga doir fikrlariga to‘xtalib, “moddiy” va “ma’naviy” katеgoriya hamda oila va nikoh, avlod munosabatlarida “sotsial” katеgoriyalarning ahamiyati xususidagi fikrlari atroflicha ko‘rib chiqiladi.



None

214 Ko'rishlar | 150 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish