Ma'lumot

TUXUMDOR TOVUQLAR RATSIONINI ,,TOKOVIT’’ PREPARATI BILAN BOYITISHNING FIZIOLOGIK VA MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI

Safin M. G., Normurodova G. Sh. Ergashev D. U., Shodiyeva G.X.


Muayan maqolada tuxum yo`nalishidagi tovuqlarning ratsionini antioksidant tavsifli tarkibida tokoferol va selen mikroelementi bo‘lgan “Tokovit” bilan boyitishning fiziologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ta'sir etishiga oid izlanish natijalarini qamrab oladi. Fiziologik ko‘rsatkichlardan eritrotsitlar va leykotsitlar sonining o‘zgarishi parametrlari, gemoglobin miqdori, umumiy oqsil, albuminlar va qon zardobidagi globulinlar aniqlandi. Bu tekshirishlar davomida sodir bo‘ladigan biokimyoviy o‘zgarishlarga kelsak, shu maqsadda qon zardobidagi AsAT, AlAT va ishqoriy fosfatazning faolligi aniqlanib, tovuqlarning tirik vazni va ulardan olingan tuxum vaznini aniqlash asosida mahsuldorlik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi o‘rganildi. Tajriba tovuqlarida bu ko‘rsatkichlarning barchasi ularni parvarishlashning 120-180, 180-240 va 240-300 kunlik davrlarida aniqlandi.

Olingan ma'lumotlar statistik sarhisob qilingan, ilmiy manbalar negizida muhokamadan o‘tkazilgan va tegishli xulosalarga kelingan.



None

31 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish