Samarqand viloyatining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari normal va qurg‘oqchil sharoitlarida tritikale navlarining barglaridagi suv taqchiligi o‘rganilgan, hamda shu orqali navlarning qurg‘oqchilikka chidamlilik xususiyatlari tahlil qilingan. Tritikale navlarining normal va qurg‘oqchil sharoitda yetishtirilayotganda ularning fiziologik xususiyatlari orqali hosildorlikka ta’siri o‘rganilgan. Samarqand viloyatida qurg‘oqchilikka chidamli tritikale navlarini tanlashda shu hududga mos qimmatli yuqori mahsuldor navlarni ajratish va ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.