Maqolada, fanlararo yondashuv asosida O‘zbekistonda urbanistik jarayonlar tahlil etilgan. Maqolaning xronologik doirasi qisman sovet davrini hamda asosiy qismida mustaqillik yillarida shaharlar rivojlanishi muammolari yoritib berishni qamrab olgan. Xususan, sovet davrida respublikada urbanizatsiya rivoji bir tomonlama bo‘lib, SSSRning yagona xalq xo‘jaligi kompleksi ishlab chiqarish kuchlarning manfaatlariga bo‘ysintirilgan. O‘tish davrida kechgan jarayonlar esa urbanizatsiya, shaharlar va ularning aholisi demografiyasi, shuningdek, mamlakat rahbariyatining sanoat siyosati masalalari bilan bog‘liqf muammolar doirasida tahlil etilgan.