Ma'lumot

METANNI KATALITIK DEGIDROAROMATLASH REAKSIYASI KATALIZATORLARINING TEKSTUR XUSUSIYATLARI

B.Shukurov


Maqolada metanni katalitik degidroaromatlash reaksiyasi katalizatorlarining tekstur xususiyatlari o‘rganilgan. Metanni degidroaromatlash reaksiyasi uchun tayyorlangan 6,0% Mo/YuKS tarkibli katalizatoriga massa jihatdan 1-2 % gacha Zr qo‘shganimizda kislotali markazlarining konsentratsiyalari ham, kislotalik kuchi ham ortdi. 6,0 % Mo/YuKS sistemasiga Zn ning kiritilishi kislotalik markazining kamayishiga olib keldi. Bunda kuchsiz kislotalik markazi 355 mkmol/g, kuchli kislotalik markazi esa 210 mkmol/g ni tashkil etdi. 6,0% Mo/YuKS kislotalik xossasiga 1,0% Zr va 1,0% Zn kiritilganda umumiy kislotalik markazi 420 mkmol/g, kuchli kislotalik markazi 120 mkmol/g va kuchsiz kislotalik markazi 300 mkmol/g ni tashkil etdi. Turli haroratlarda 6,0% Mo/YuKS namunalarining eng katta solishtirma sirt yuza va umumiy g‘ovaklar hajmi, mos ravishda 399 m2/g va 0,22 sm3/g ni tashkil qiladi. Mo/YuKS katalizatorning toblash harorati 300 dan 650℃ gacha ko‘tarilishi bilan g‘ovaklarning issiqlik ta’sirida yopishishi hisobiga solishtirma sirt yuzaning 363 m2/g gacha kamayishi kuzatiladi, bunda mezog‘ovaklar hajmi 0,04 dan 0,06 sm3/g gacha ortadi.



None

140 Ko'rishlar | 115 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish