АNNOTATSIYA. Ushbu maqolada badiiy asarlarda zoomorfizmlarning qo‘llanilishi va ularning tahlili hamda shaxsga tegishli zoomorfizmlarning metafora yordamida shakllanishi keltirilgan. Shungdek zoomorfizmlar haqida tilshunos olimlarning nazariy fikrlari, uy hayvonlari nomlarining turli vaziyatda va har xil ma’noda qo‘llanilishi o‘z ifodasini topgan hamda hayvon nomlari bilan bog‘liq iboralardan namunalar keltirilib ular atroflicha tahlil qilingan.