Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” va Abdurahmon Jomiyning “Xiradnomayi Iskandariy” dostonlari kompozitsiyasiga oid farqli fikrlar qiyosiy jihatdan tadqiq etilgan. Ijodkorlarning asarlaridagi an’anaviylik va ijodiy yangilik ochib berilgan hamda xamsachilikda olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ilmiy xulosa chiqarilgan. Shuningdek, “Saddi Iskandariy” dostoni kompozitsiyasining boshqa iskandarnomalardan farqi, har bir bo‘limning to‘rt qismga ajratilishi masalalari tahlil etilgan