Parametrlar qatnashgan funksiyalarning parametrlarning qanday qiymatlarida uzluksiz va differensiallanuvchi bo‘lishlik shartlari muayyan funksiyalar sinflari uchun alohida-alohida o‘rganilgan. Bunday topshiriqlar tabaqalashtirilgan va ularni yechish algoritmlari keltirilgan Bitta, ikkita va uchta parametrlarga bog‘liq bo‘lgan funksiyalarning berilgan nuqtada parametrning qanday qiymatlarida uzluksiz bo‘lishiga doir topshiriqlar kirtilgan. Bulardan tashqari parametrlarning qanday qiymatlarida funksiya berilgan nuqtalarda differensiallanuvchi va uzluksiz differensiallanuvchi bo‘lishlik shartlarini topishga doir topshiriqlar tahlil etilib yechib ko‘rsatilgan.