Tadqiqotimizda frazeologik birliklar va paremiyalarning umumiy konsepsiyasi ularning har ikkisi xalqning milliy-madaniy qadriyatlarini yoritish bilan birga ijtimoiy hodisalar jarayonida yuzaga keladigan lingvomadaniy vositalarni ifodalashda va jamiyatning oʼziga xos milliy kommunikativ jarayoni uchun xizmat qilishda namoyon boʼladi. Frazeologik birliklar va paremiyalarda genderning kognitiv va lingvomadaniy yondashuvlar asosida qiyosiy tadqiqi maʼlum bir jamiyatga xos milliy mentallikni lingvistik jihatdan tahlil etish imkoniyatini beradi. “Frazeologik birliklar va paremiyalarni qiyoslashda tillararo lingvomadaniy farqlar yorqin ifodalanadi, zero frazeologiya milliy obrazlar, yaʼni turli xalqlarning madaniy konseptlari bilan chambarchas bogʼliq”. Bu borada lingvomadaniyatshunoslikda har bir madaniyatning milliy qadriyatlari asosida oʼziga xos “konseptini” tadqiq etish imkoniyatlarini gender tilshunosligiga tadbiq etish ayollik va erkaklik kontseptlari haqida toʼliq maʼlumot olish imkonini beradi.