Ushbu maqolada qadimgi va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tarqalgan qo‘lda yasalgan bezakli sopol idishlarning yasash texnikasi xususida qisqacha mulohazalar bayon etilgan. Yevroosiyo kengliklarida jez va temir davridan rivojlangan o‘rta asrlarga qadar ko‘plab yodgorliklardan qo‘lda yasalgan bezakli sopol idishlar topilgan. Bu turdagi sopol idishlar eramizdan oldingi I ming yillik oxiri va eramizning I ming yilliklari boshlarida kamayib ketsada, X-XIII asr boshlarida, Qoraxoniylar davridan O‘rta Osiyoning juda katta hududida yana paydo bo‘lgan. Maqolada shu turdagi sopol majmualarini yasash texnikasini o‘rganilishi va texnologik xususiyatlari xususida fikrlar bildirilgan.