Ma'lumot

NOGIRONLIK MASALALARIGA DOIR GLOBAL IJTIMOIY SIYOSATNING SHAKLLANISH JARAYONLARINING XUSUSIYATLARI

A.Abduxalilov


Ma’lumki, globallashuv jarayonlari barcha sohalarga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Nogironlik sohasidagi ijtimoiy siyosatda ham yangi univesal yondashuvlar vujudga kelmoqda. Ularni tadqiq etish va yangi O‘zbekiston sharoitidan kelib chiqib joriy qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lmoqda.

Maqolaning asosiy maqsadi nogironlik sohasida global ijtimoiy siyosatni shakllanishining o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat. Ushbu maqolada turli xil xalqaro tashkilotlarning nogironlik sohasidagi global xisobotlari tahlil qilinib muayyan xulosalarga kelingan. Muallifning fikriga ko‘ra, nogironlik sohasidagi global ijtimoiy siyosatni shakllanishi istiqbolda bu borada yangi yondashuvlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.2023.v4.140.2.2364

165 Ko'rishlar | 63 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish