Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari faoliyatini takomillashtirishning strategiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda kasbiy-pedagogik faoliyatni rivojlantirish yo‘nalishlari, o‘qituvchilar kasbiy faoliyatini baholashning qadriyatli, akmeologik, refleksiv hamda talaba qoniqishini belgilovchi mezonlari va ularga oid ko‘rsatkichlari aniqlangan. Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatga motivatsiyasini rivojlantirishga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar ochib berilgan.