BRAHMS kollaboratsiyasi SNN = 200 GeV energiyali relyativistik Cu + Cu to‘qnashuvlarda hosil bo‘lgan pionlar, kaonlar, protonlar va antprotonlarning ko‘ndalang impuls spektrlarini tezkorlikning y = 0 va y = 3 bo‘lgan qiymatlarida o‘lchagan. To‘qnashuv markaziyligi oshib borishi bilan zarralar kollektiv radial oqimi ham osha boradi va kinetik friz-aut temperatura kamayadi. Old tezkorlikda radial oqim sust bo‘lib, temperatura pastroq. Ko‘ndalang impulsning 1,5 GeV/c < pt < 2,5 GeV/c intervalida pion va kaonlarning chiqishi shu energiyadagi p + p to‘qnashuvlardagiga nisbatan qiyinlashgan. Mazkur ishda tajribada olingan zarralar spektlari Levi va eksponensial ko‘rinishdagi Boltsman funksiyalari bilan fit qilingan. Pionlar spektrlarini Levi funksiyasi bilan, kaon va protonlar spektrlarini Boltsman tipidagi eksponensial funksiya bilan fitlash yaxshi natijalarga olib kelishi ko‘rsatilgan.