Ishda uch qatlamli qovushoq-elastik plastinkaning bo’ylama simmetrik tebranishlari masalasi qaralgan. Bunda tadqiqot ob’yekti sifatida uch qatlamli plastinka olingan. Uch qatlamli qovushoq-elastik plastinka uchun umumiy holda bo’ylama simmetrik tebranish tenglamalari keltirib chiqarilgan. Keltirib chiqarilgan tenglamalardan uch qatlamli elastik plastinka uchun bo’ylama simmetrik tebranish tenglamalari olingan. Uch qatlamli elastik plastinka uchun olingan bo’ylama simmetrik tebranish tenglamalari o’lchamsiz holga keltirilgan va unga doir amaliy masalalar yechilgan. Amaliy masalalarni yechishda uch qatlamli plastinka chetlari sharnirli mahkamlangan deb faraz qilingan. Uch qatlamli plastinka tashqi qatlamlari materiallari o’zgartirilib har bir holat uchun olingan ko’chish va kuchlanishlar grafiklari taqqoslangan. Taqqoslashlar natijasida tegishlich xulosalar chiqarilgan.