Mazkur maqolada biodegradatsiyalanuvchan materiallar olish uchun oksikislotlar asosida matritsalar sintez qilish borasidagi tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Olingan mahsulotlar turli to‘ldiruvchilar ishtirokida bioparchalanuvchan kompozit materiallar olish uchun matritsa bo‘lib xizmat qiladi. Oksikislota – sut kislotaning zanjir ochilishi bilan boradigan polimerlanish jarayon tadqiq etildi. Jarayonning optimal sharoitlari: temperatura, davomiyligi, katalizatorlarning ta’siri singarilar tekshirildi. Jarayonning borishi IQ-spektroskopik usulda nazorat qilib borildi. Katalizator sifatida Lyuis kislotalari, xususan oligomer olish bosqichida – rux oksidi hamda polimerlanish jarayonida esa alyuminiy xlorid ishlatilganda yaxshi natijalar qayd etildi.