Fosforli o‘g’itlarning sirt yuzasini o‘zaro nisbati (7:3) va (3:7) bo‘lgan aralashmalar ishtirokida oltingugurt qoplamali o‘g‘itlar olish texnologiyasi o‘rganildi. Granula qilishda ammoniy sulfatning 5%li eritmasidan foydalanildi. Ushbu fosfor-oltingugurtli o‘g‘itlar qo‘llash bir vaqtini o‘zida o‘simliklarni oziqa moddalar bilan ta’minlaydi va ularni turli kasalliklardan himoya qiladi.