maqolada atrof-muhit obyektlari, xususan yer osti va yer usti ichimlik suvlari, tuproq va ba’zi qishloq xo’jaligi mahsulotlari tarkibidagi bariy ionlari konsentratsiyasini fosfomolibdat asosida ishlab chiqilgan ion selektiv elektrodlar yordamida ionometrik aniqlash, bariy selektiv elektrodning elektrod xossalarini tizimli o’rganish bo’yicha ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan. Tabiiy obyektlar tarkibidagi bariy ionlari konsentratsiyasini aniqlash natijalari boshqa kimyoviy analiz usullari bilan taqqoslandi va metrologik baholandi.