Maqolada g‘o‘zaning yovvoyi tetraploid G.mustelinum Miers ex Watt turi hamda G.hirsutum L. turichi xilma-xilliklaridan madaniy tropik ssp.glabrum var.marie-galante va ruderal ssp.punctatum shakllari bilan duragaylash asosida olingan kombinatsiyalarining qimmatli xo‘jalik belgilari (tola uzunligi, tola chiqimi, bitta ko‘sak vazni va 1000 dona chigit vazni ko‘rsatkichlari) aniqlanib, ularning irsiylanish darajasi o‘rganilgan. Tahlil natijalari asosida F1 duragaylarida ota-ona shakllariga nisbatan yuqori tola chiqimiga ega genotiplarning shakllanganligi kuzatilgan.